222

“Ziyo” media markazining kinorassomi “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti gʻolibi boʻldi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Kinotaqdimotda kino sanoati rivoji uchun amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yilda sohani moddiy qoʻllab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik, yaratilgan filmlar va ularning xalqaro tanlovlardagi ishtiroki kabi ishlar sarhisob qilindi.

Mahalliy va xorijiy kino sanʼati ustalari, ssenariynavislar, aktyor va aktrisalar hamda sohaga daxldor kishilar ishtirok etgan ushbu tantanali tadbirning asosiy qismida 17 nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, taqdimotda “Ziyo” media markazi kinorassomi Alisher Umrzoqov “Muqimiy” badiiy filmi bilan “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

“Ziyo” media markazining kinorassomini bu ulkan eʼtirof va yutuq bilan tabriklab, ijodiy ishlarida yangidan yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish