370

Akademiyada arab tiliga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasining tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda chet tillarini o‘rgatish tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlarga ega yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan onlayn va offlayn fotmatda o‘tkazilgan konferensiyani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi. 

Anjumanda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev, kafedra o‘qituvchilari Shihata Abu Shusha, Hilol Abdurroziq, Ahmad Muso, Ubayd Muhammad Abdul Halim, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti kunduzgi ta’lim dekani Ibodulla Axrorov, Akademiya professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Shuningdek, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – Zulfiya Shokirova, Zuhra Aripova, Roziya Matibayeva, Dilfuza Sagdullayeva mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

So‘zga chiqqanlar til, xususan, arab tilining dunyo ahamiyatidagi tutgan o‘rniga e’tibor qaratdi. Konferensiyada “O‘zbekistonda diniy ta’lim muassasalarida klassik arab tilini o‘qitish usullari va muhim jihatlari, “Ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning samarali usullari”, “Arab tilini o‘qitishda videomateriallardan foydalanish”, “Arab tilini o‘qitishing yangi metodlari”, “Lug‘atni o‘qitishda yangi texnologiyalar” “Arab tilini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari” kabu mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Qizg‘in muhokamalar, bahslarga boy o‘tgan anjuman yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda konferensiya ishchi guruhiga yuborilgan tezislarning elektron to‘plami tayyorlanishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish