297

Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi o‘rganilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi yo‘llangan edi. Ayni paytda joylarda Prezident Murojaatnomasini o‘rganish, unda aks etgan mavzular, masalalardan boxabar bo‘lish maqsadida seminarlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha axborot soati tashkil etildi.

Unda Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Tadbirda Akademiya o‘qituvchilari – Sayyora Toʻychiyeva hamda Bobur Valiyev “Vatan ravnaqi ilmdandir” va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi: e’tirof va ijro” mavzularida ma’ruza qildi. 

Ma’lumki, mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea boʻlgan ushbu tadbir 2017-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda. Unda tugayotgan yildagi asosiy koʻrsatkichlar, yangi yilga moʻljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi. Shu bois, xalqimiz bu tadbirni doimo katta qiziqish bilan kutadi.

So‘zga chiqqanlar Murojaatnoma 2023-yilda yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlarning navbatdagi bosqichi uchun mukammal dastur boʻlib xizmat qilishini misollar orqali tushuntirib berishdi. Shuningdek, davlat rahbari tomonidan kelgusi yilda amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar aniq-ravshan belgilab berilgani qayd etildi.

Ma’ruzalar davomida Murojaatnoma aks etgan masalalar, 2023-yilda amalga oshiriladigan 6 ta ustuvor yo‘nalish haqida so‘z yuritildi. 

Axborot soati yakunida yig‘ilganlar foydali ma’ruza uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish