284

Akademiyada “Psixologiya bilimdoni” tanlovi boʻlib o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixologiya bilimdoni” tanlovi boʻlib oʻtdi. “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda kafedra professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda kafedra mudiri Zebo Qosimova ochib berdi. Shundan soʻng talabalar “Ekzistensiya”, “Evristika” hamda “Insayt” jamoalarga boʻlingan holda oltita shart boʻyicha bilim-koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.

Dastlab tanishtiruv shartida talabalar oʻzlari va jamoalari haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek, tanlov davomida krossvord, olimlar hayoti va ijodi, terminologiya, guruhiy oʻyin hamda individual musobaqa kabi shartlar oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Insayt” jamoasi gʻolib deb topildi. Ishtirokchilar hamda faol talabalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish