Akademiya o‘qituvchisi magistrlar uchun vebinar dars mashg‘uloti o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Jurnalistika” (Internet jurnalistikasi), “Din psixologiyasi”, “Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati”, Tarix (Islom sivilizatsiyasi) yoʻnalishi 1-bosqich magistrlari uchun sayyor vebinar boʻlib oʻtdi.
“Tadqiqotchining zehni va idroki: dissertatsiyalarni rasmiylashtirish” mavzusidagi amaliy darsni Akademiya o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori Sayyora Toʻychiyeva hamda Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyeva olib bordi.
Dars mashgʻulotida magistlar oʻzlari tanlagan mavzular boʻyicha yozilgan dissertatsiyalar bilan tanishdi. Shu bilan birga, kutubxonaning kitob fondi, xorijiy nashrlar, tadqiqotchilar bilan ishlash borasidagi qator savollariga javob olishdi.
Vebinar yakunida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi maʼmuriyati tomonidan magistrlarga kitob va jurnallar sovgʻa qilindi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish