Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish oʻquvlari boʻlib oʻtmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun “Yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yoʻnalishida malaka oshirish oʻquvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur oʻquvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etyapti.
72 soatlik tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq, sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan “Islom va zamonaviy musulmon jamiyati”, “Salaviylik gʻoyalari va ularga ilmiy raddiyalar”, “Hizbut-tahrir”ning mintaqadagi faoliyati va uning barqarorlikka tahdidi”, “Oʻzbekistonda faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalarning oʻzga xos xususiyatlari”, “Ekstremistik tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati tahlili”, “Missionerlik: mohiyat, maqsad va oqibatlari”, “Yot gʻoyalar taʼsiriga tushgan shaxslarni ijtimoiylashtirish masalalari”, “Moturidiya taʼlimoti asoslari (aqida masalasi)” kabi mavzularda dars mashgʻulotlari olib borilmoqda.
Mazkur malaka oshirish oʻquvlaridan koʻzlangan maqsad xodimlarda islom dinining maʼrifiy mazmunga ega boʻlgan diniy tushunchalari, islom manbalaridagi insonparvarlik va tinchlikvarparlik gʻoyalari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda shaxsiy tarkib va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot gʻoyalar: ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik gʻoyalariga qarshi kurashda immunitetlarini mustahkamlashdan iborat.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish