470

Yoshlar – kelajak poydevori

Ma’lumki, yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizning kelajagi boʻlgan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi doimo eng ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa, joriy yilning noyabr oyida butun respublika bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” tadbirlarida Akademiya talabalari ham faol ishtirok etdi. 

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilgan talabalar oyligi yakunlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. “Oltin davrim” deb nomlangan marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bayram tadbirini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilishlari, yoshlarni xalqimiz mentalitetiga yot, yosh avlod ongi va tafakkuri uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalash zimmalaridagi eng muhim vazifa ekanini ta’kidlashdi.

Bayram davomida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilgan talabalar oyligi doirasidagi tanlov va musobaqalar g‘oliblari hamda yil davomida har tomonlama faol bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy tadbirlardan so‘ng talabalar ijrosida “Maftuningman” kinofilmiga teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi, “Assalom-u alaykum”, milliy kuylarga bastalangan popurri qo‘shiqlar havola etildi. “Arshin mol-olan” asaridan musiqiy parcha, musiqiy va she’riy chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish