192

Doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Dinshunoslik”, “Din psixologiyasi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot”, “Mumtoz Sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishyapti.

Talabgorlar mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida joriy yilning 15-17-dekabr kunlari belgilangan taqvim reja asosida ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishadi.

Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘yicha ilmiy salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish