279

Davra suhbatida konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik davomida turli tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, anjumanlar tashkil etilmoqda. “Xotin-qizlar va yoshlarning huquqlarini taʼminlashda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati” mavzusidagi davra suhbati ana shunday tadbirlarning navbatdagisi bo‘ldi. 

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisining Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Firuza Muhamedjanova, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qoʻmitasi devoni Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻlimi boshligʻi Feruza Jalilova hamda Toshkent davlat yuridik universitetining bir guruh talaba-yoshlari ma’ruza qilishdi.

Muloqot davomida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillar davomida yurtimizda keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqida ta’kidlashdi. Davra suhbatida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangani e’tirof etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati haqida ma’lumotlar berishdi. 

Uchrashuv yakunida samarali hamkorlik uchun Akademiya nomidan mehmonlarda tashakkurnoma topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish