Davra suhbati foydali va mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida soha mutaxassislari ishtirokida turli davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Firdavs Sharipov ma’ruza qildi. “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori” mavzusidagi uchrashuvda Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Davra suhbati qatnashchilari Asosiy qonunning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birga, keyingi yillar davomida keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘z yuritildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangani ta’kidlandi.
O‘zaro savol-javob, samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuv yakunida samarali hamkorlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Firdavs Sharipovga esdalik sovg‘asi topshirildi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish