443

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida yangilanayotgan konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat bo‘lishi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati ekani qayd etildi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish