Bosh qomusimizga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Konstitutsiya – inson qadri kafolati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiya prorektorlari, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Feruz Rashidov maʼruza qildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati ekani ta’kidlandi. Bundan tashqari, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilib kelayotgan mazkur hujjatni haqiqiy xalqchil hujjatga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.
O‘zaro savol-javob, samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish