Davra suhbati mazmunli o‘tdi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda gender tenglik, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash masalasida juda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotir.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar G‘ulomova, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Oynisa Musurmonova, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professori Shohida Sodiqova, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashning mazmun va mohiyati”, “Oila va xotin qizlar Uchinchi Renessans poydevori”, “Intellektual bandlik va salomatlik” mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi.
Samimiy muloqot davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangani e’tirof etildi.
Tadbir yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Davra suhbati koʻtarinki kayfiyatda yakunlandi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish