Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati
Joriy yilda farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga o‘ttiz yil bo‘ladi. Ayni paytda mazkur bayram respublikamiz boʻylab koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan soha mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, konferensiyalar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.
Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida ham tashkil etildi. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan Akademiya kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda Akademiya o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar Konstitutsiyaning qabul qilish jarayoni, demokratik davlatning vujudga kelishi shart-sharoitlari, taraqqiyot bosqichlari, barkamol avlod, yetuk shaxs tarbiyasi, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda Bosh qomusimizning ahamiyati haqida soʻz yuritishdi. Shu bilan birga, yangilanayotgan Konstitutsiyamiz, uni “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalqchil hujjatga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Tadbir yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Davra suhbati koʻtarinki kayfiyatda yakunlandi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish