195

“Rektor kubogi”: g‘olib va sovrindorlar aniqlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi. Musobaqaning dastlabki qismida Akademiya fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazilib, eng kuchli jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Musobaqaning hal qiluvchi final bellashuvi esa qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan finalda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti jamoasi 1-o‘rin va “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti jamoasi egalladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish