347

“Hidoya” asarining o‘zbekcha akademik tarjimasi taqdimotlari o‘tkazildi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Burhonuddin Marg‘inoniy “Hidoya” asarining o‘zbekcha akademik tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Taqdimotda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Ilhom Bekmirzayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. 

Muloqotda islom huquqshunosligining ulkan namoyandasi Burhonuddin Marg‘inoniy hayoti va ilmiy faoliyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Burhonuddin Marg‘inoniy buyuk mutafakkir, islom fiqhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, islom olamida Shayx-ul islom unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ olimdir. Allomaning eng mashhur va eng yirik asari “Hidoya” to‘rt jilddan iborat bo‘lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy yechimiga bag‘ishlangan.

Xuddi shunday tadbir Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ham bo‘lib o‘tdi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti “Аqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi mudiri F.Jo‘rayev, kafedra Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) Soatmurod Primov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Unda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi А’zamxon Qambarov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. 

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish