Jadid ma’rifatparvarlari – millat oydinlari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bir haftada bir mutafakkir” rukni doirasida “Jadidlar merosi haftaligi” ma’rifiy-ma’naviy tadbiri tashkil etildi.
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi hamda “Yosh faylasuflar to‘garagi” tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda talabalar tomonidan “Jadidchilik harakati tarixi”, “Ta’lim islohotlari” hamda “Milliy o‘zlik va jadidlar” mavzusidagi ma’ruzalar tinglandi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyatini yoritish, milliy uyg‘onish g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirish, ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir video namoyish bilan boshlandi. Unda jadidlar harakati tarixi, ularning ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi hamda millat ravnaqi uchun qilgan xizmatlari aks ettirildi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan jadidchilik harakati millat tafakkurining uyg‘onishi, ta’lim va madaniyat sohasidagi tub burilish davri bo‘lgani ta’kidlandi. Xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Abdurauf Fitrat kabi buyuk siymolarning ma’rifatparvarlik faoliyati bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot g‘oyalari bilan hamohang ekani qayd etildi.
Ma’ruzalar davomida jadidlarning mashhur iqtiboslari yangradi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur”, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot masalasidir”, Abdurauf Fitratning “Millatni millat qilgan – uning tili va ma’rifatidir” kabi fikrlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida qisqa sahna ko‘rinishi namoyish etilib, eski maktab va jadid maktabi o‘rtasidagi farq badiiy tarzda aks ettirildi. Shuningdek, “Agar jadidlar bugun yashaganida…” mavzusida interaktiv muhokama tashkil etildi. Unda talabalar zamonaviy raqamli makonda jadidlar qanday faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Faol ishtirokchilar tadbir yakunida taqdirlandi.
Mazkur haftalik yoshlar qalbida milliy o‘zlik, ma’rifat va tafakkur madaniyatini shakllantirish yo‘lida muhim ma’naviy tadbir sifatida e’tirof etildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish