Diniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi tashabbus ilgari surildi
O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada yangi institutsional bosqich boshlanmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ilmiy merosni yagona platforma asosida o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib etish maqsadida “Tamaddun” uyushmasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur tashabbus mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.
Mamlakatimizda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yurtimiz va jahon jamoatchiligiga ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida taqdim etilgani bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Endilikda mazkur tashabbuslarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish, milliy ilmiy merosimizni tizimli va muvofiqlashgan tarzda targ‘ib etish masalalari dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti, shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibidagi eng muhim masala diniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi “Tamaddun” uyushmasini tashkil etish tashabbusi bo‘ldi. Mazkur uyushma ilmiy merosni o‘rganish, targ‘ib qilish va xalqaro maydonda taqdim etish ishlarini yagona platforma asosida yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Ta’kidlanganidek, tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Tamaddun” uyushmasi ilmiy merosni kompleks o‘rganish va targ‘ib etish, diniy-ma’rifiy tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish, zamonaviy media platformalar orqali ma’naviy merosni keng jamoatchilikka yetkazish kabi vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining BMT minbarida ilgari surilgan tashabbuslarini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, buyuk allomalar — Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish bo‘yicha taqdimot konsepsiyasi ishlab chiqildi, tadbirlar rejasi va aniq “yo‘l xaritasi” belgilandi.
Yakunda “Tamaddun” uyushmasining nizom loyihasi va konsepsiyasi muhokama qilindi, tasdiqlash uchun tegishli rahbariyatga taqdim etishga kelishib olindi.
Manba:
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish