20

ERASMUS+ AKADEMIK MOBILLIK DASTURIDA ISHTIROK ETISH BO‘YICHA TANLOV

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Erasmus+ dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Ruminiyaning Buxarest Universitetida akademik mobillikda ishtirok etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Loyiha raqami: № 2024-1-RO01-KA171-HED-000217854.

Mobillik yo‘nalishlari

• falsafa va etika (ISCED 0223)

• sotsiologiya va madaniyatshunoslik (ISCED 0314)

Mobillik turi

• Staff Mobility for Teaching / Training (TA/STT)

Qabul qiluvchi tashkilot

• University of Bucharest, Romania

Ishtirokchilar soni

• 1 nafar

Mobillik davomiyligi

• 7 kun

• kamida 5 kun Buxarestdagi amaliy ishtirok

• 2 kungacha safar kunlari sifatida hisobga olinishi mumkin

Moliyalashtirish shartlari

• kunlik stipendiya – 148 EUR

• safar granti – 580 EUR (Toshkent – Buxarest – Toshkent)

• mablag‘lar loyiha qoidalari va hujjatlar asosida ajratiladi

Ishtirok etish huquqiga ega nomzodlar

• professor-o‘qituvchilar tarkibi

• akademiya ma’muriy xodimlari

• faoliyati tanlov yo‘nalishlariga mos bo‘lishi

• ishchi darajada ingliz tili (yoki dastur tili)ni bilishi

Til bilish darajasi milliy va/yoki xalqaro test natijalari (TOEFL, IELTS va boshqalar) asosida, shuningdek universitetda o‘tkaziladigan yozma imtihon va suhbat natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar (ingliz tilida)

• Erasmus+ mobilligi uchun ariza

• CV

• motivatsion xat (maqsadlar va kutilayotgan natijalar)

• pasport nusxasi

• kasbiy faoliyatni tasdiqlovchi hujjatlar

• dastlabki Mobility Plan / O‘quv mashg‘ulot loyihasi

Tanlov tartibi

• arizalarni tanlov komissiyasi ko‘rib chiqadi

• ochiq va shaffof tanlov tartibi qo‘llaniladi

• baholash Erasmus+ mezonlari asosida amalga oshiriladi

Tanlovdan o‘tgan ishtirokchi majburiyatlari

• mobillik muddati va mazmunini qabul qiluvchi fakultet koordinatori bilan kelishish

• Mobility Agreement (Teaching / Training) rasmiylashtirish va imzolash

• safar davri uchun sug‘urta rasmiylashtirish

• viza olish

• safardan so‘ng aviachipta va posadka talonlarini taqdim etish

Arizalarni topshirish muddati

• oxirgi muddat: 12.02.2026

• natijalar e’lon qilinadi: 20.02.2026

Hamkor universitet talablari

• to‘liq hujjatlar jamlanmasi mobillik dasturi boshlanishidan kamida 3 oy oldin yuborilishi lozim

• hujjatlarni topshirishning yakuniy muddati –2027-yil 30-mart

• mobillik dasturi 2027-yilgacha 31-iyul yakunlanishi kerak

Aloqa uchun:

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

E-mail: intdeptuz@gmail.com

Telefon: 99871-2449593

 

MUHIM SANALAR

E’lon davri:

10.01.2026 – 30.01.2026

Ariza topshirish davri:

01.02.2026 – 12.02.2026

Tanlov / suhbat sanasi:

14.02.2026

Dastlabki natijalar e’lon qilinadi:

15.02.2026

Apellyatsiya davri:

15.02.2026 – 19.02.2026

Yakuniy natijalar e’lon qilinadi:

20.02.2026

Izoh qoldirish