1

ERASMUS+ KA171 AKADEMIK MOBILLIK DASTURI BO‘YICHA TANLOV YAKUNIY NATIJALARI E’LONI

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan Erasmus+ KA171 akademik mobillik dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Ruminiyaning Buxarest universitetida akademik mobillikda ishtirok etish bo‘yicha e’lon qilingan edi. (https://iiau.uz/oz/news/4373)

Mazkur tanlov Erasmus+ KA171 akademik mobillik dasturi doirasida (loyiha raqami: 2024-1-RO01-KA171-HED-000217854) amalga oshirilib, unda falsafa va etika (ISCED 0223) hamda sotsiologiya va madaniyatshunoslik (ISCED 0314) yo‘nalishlari bo‘yicha Staff Mobility for Teaching / Training (TA/STT) mobilligi nazarda tutilgan.

Tanlovga Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan jami 5 nafar nomzodning hujjatlari qabul qilindi. Taqdim etilgan hujjatlar tanlov komissiyasi tomonidan Erasmus+ dasturining belgilangan mezonlari asosida ko‘rib chiqildi va baholandi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri, dotsent PhD O.Ernazarov nomzodi tanlov mezonlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plab, Akademiya tomonidan Erasmus+ dasturi doirasida Ruminiyaning Buxarest universitetida o‘tkaziladigan akademik mobillik dasturida ishtirok etishga munosib deb topildi.

Mazkur mobillik dasturi doirasida ishtirokchi Buxarest universitetida ta’lim jarayoni bilan tanishish, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy o‘qitish metodologiyalari va innovatsion ta’lim amaliyotlari bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuvni rivojlantirish hamda ta’lim va ilmiy faoliyat sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Mar
18
Erasmus_kategory
2
17:15
Mar
18
Erasmus_kategory
1
16:52

Izoh qoldirish