567

Sport – mardlik va salomatlik garovi

So‘nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendurman o‘sha!” shiori ostida joylarda sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yigitlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlari o‘rtasida sport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

“Sport – mardlik va salomatlik garovi” mavzusida tashkil etilgan do‘stlik musobaqasida ishtirokchilar sportning mini futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka hamda arqon tortish kabi turlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Stol tennisi hamda shaxmat o‘yinlarida “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mini futbol hamda voleybol bahslarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi fakultetlaridan tashkil topgan sportchi-talabalar raqiblariga imkoniyat qoldirmadi.

Yakunda faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashakkurnoma topshirildi.

Bu kabi do‘stlik sport musobaqalarini muntazam o‘tkazib turish kerakligi, bu orqali yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ikki ta’lim muassasa o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish