Ayol salomatligi – jamiyat boyligi
Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning salomatligi haqida qayg‘urish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, iqtidori va layoqatini yuzaga chiqarishga oid ezgu chora-tadbirlar yil sayin keng qamrov kasb etmoqda. Zero, ayol salomatligi — jamiyat boyligi. Shu bois xotin-qizlarning salomatligini asrab-avaylash katta ahamiyatga ega.
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarni sportga qiziqtirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sport tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shavkat Mavlonov so‘z olib, talabalar orasida sport bilan shug‘ullanuvchi qizlarning safini orttirish kerakligi, bu orqali oilada xotirjamlik, o‘qish jarayoniga ijobiy ta’sir qilish, sog‘ tanda sog‘lom aql bilan ish ko‘rish haqida fikr bildirdi.
Tadbirda so‘z olganlar sport bilan muntazam shug‘ullangan inson nafaqat o‘z salomatligi, balki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yaratishga o‘z hissasini qo‘shishini qayd etishdi.
Shundan so‘ng Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi qizlarining ko‘rgazmali chiqishlari, gimnastika elementlarini qo‘llagan holda milliy hamda xorijiy musiqaga hamohang raqslari ijro etildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan sport tadbiri talaba-qizlarda katta taassurot qoldirib, ularning sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish