400

Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari yuqori sur’atlarda davom etyapti. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Vatanimga xizmat qilaman!” mavzusida o‘tkazilgan navbatdagi bayram tadbiri ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi o‘qituvchilari, xodimlari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi. Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi o‘zgarishlarning tub mohiyati zamirida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga ona sarhadlarimiz himoyasiga daxldorlik, insonparvarlik, jamiyatga fidoiy inson bo‘lib yetishish kabi tuyg‘ular mujassam ekanini tadbirda so‘z olganlar yana bir bor ta’kidlashdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan Akademiya talabalari tomonidan harbiy qo‘shiq, teatrlashtirilgan badiiy va harbiy sahna ko‘rinishlari, vatanni madh etuvchi she’riy chiqishlar namoyish etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish