416

Akademiyada “Kelajak – mening tasavvurimda” ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish hamda “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Kelajak – mening tasavvurimda” ijodiy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumani maktab o‘quvchilari, ularning ustozlar ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan mavzuga oid ijod namunalari asosida ko‘rgazma tashkil etildi.

Marosim avvalida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov so‘zga chiqib, o‘quvchilarning tanlovga taqdim etgan ijodiy ishlari nihoyatda yuksak daviyada tayyorlangani, mazkur tadbirlar ularning kelajakdagi orzu-niyatlariga erishishlarida birinchi qadam bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Markazning mohir xattotlari va muqovasozlari tomonidan mahorat darslari ham o‘tkazildi. “Ziyo-zukko” maktabi o‘quvchilari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro etildi.

Yakunda umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida e’lon qilingan “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” mavzusidagi insholar hamda rasmlar tanlovida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish