Imom-xatib va imom noiblar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom noiblar uchun “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishidagi navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.
36 soatlik ushbu o‘quvlarning birinchi kunida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari mas’uliyati”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, iqtisod fanari doktori (DSc) Bobur Valiyev “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash”, Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish masalalari (O‘zbekiston tajribasi)” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodmi, PhD Ahmad Sa’d Damanhuriy tomonidan “Moturidiylik ta’limoti asoslari” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.
Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda diniy soha xodimlari oldida turgan diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy ishlarni yanada jadallashtirish, yoshlar tarbiyasi, ularni yot g‘oyalar ta’siridan saqlashga qaratilgan targ‘ibotlarni keng ko‘lamda tashkil etish, ayniqsa, imom-xatiblarning fuqarolar bilan ishlash, aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlam vakillarini jamiyatga qaytarish bilan bog‘liq faoliyatlarini samarali tashkil etishlarini ta’minlashdan iborat.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish