420

O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash komissiyasining veb-sahifasi ishga tushirildi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Davlat boshqaruvida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash komissiyasining veb-sahifasi (www.genkom.uz) ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu loyiha Shvetsiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirildi.

Veb-sahifada siz komissiya faoliyati bilan tanishishingiz, komissiya tarkibi, komissiyaning turli xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar va davlat idoralari bilan hamkorligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu platformada siz O‘zbekistonda ayollarning huquqlarini ta’minlashning qonunchilik asoslari bo‘lgan muhim normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz komissiya tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qishingiz mumkin.

Veb-saytning eng muhim qismi “Interaktiv xizmatlar” bo‘limidir. Ushbu bo‘limda siz butun mamlakat bo‘ylab zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatuvchi barcha reabilitatsiya markazlari bilan bog‘lanish bo‘yicha ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Buning uchun “Interaktiv xarita” bo‘limiga o‘tib, foydalanuvchi murojaat qilmoqchi bo‘lgan reabilitatsiya markazi joylashgan hududni ekranda paydo bo‘lgan O‘zbekistonning xaritasida tanlaydi. Shundan so‘ng, ushbu hududdagi barcha mavjud reabilitatsiya markazlari bilan bog‘lanish ma’lumotlari keltirilgan alohida oyna ochiladi.

Shuningdek, saytda siz “Himoya orderi” nima ekanini, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishning ahamiyati hamda motivatsion videolavhalarni topishingiz mumkin.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish