O‘zbekiston musulmonlari idorasidagi tadbir yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasida Rabi’ul avval oyi munosabati bilan Nabiy alayhissalom siyratlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov, Qur’on karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri shayx Alijon qori, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, Hadis ilmi maktabi rektori Olimjon Yusupov, misrlik olim shayx Jamoliddin Hoshim, ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari, ustozlar va imom-xatiblar ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning “Tasadduq, yo Rasululloh!” nomli yangi kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar ushbu muborak oy yurtimizda tarixiy o‘zgarishlar, islohotlar bo‘layotgan bir davrda juda ham shukuhli o‘tayotgani, siyratga oid mazkur kitobni mutolaa qilgan o‘quvchi o‘zini Payg‘ambar alayhissalom bilan birga yurgandek his qilishini ta’kidlashdi. Kitob sodda, ravon va ta’sirchan uslubda yozilgani, mo‘min-musulmonlar kutubxonasi yana bir ajoyib risola bilan boyiganini alohida qayd etishdi.
Tadbir yakunida muftiy hazratlari so‘zga chiqib, siyrat oyida Muhammad sollallohu alayhi vasallam husni xulqlarini o‘rganish, ularni farzandlarimizga o‘rgatish inson ruhiy olamini boyitishi haqida so‘z yuritdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish