313

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yo‘nalishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari uchun 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Mazkur o‘quvlarning ikkinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Shomansur Sagdullayev “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Ravshanovning “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish” ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Nodir Shomirzayev “Mediamakonda turli ixtilofli masalalarning oldini olish, kontentni foydali ma’lumotlar bilan to‘ldirish tajribasini oshirish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi, PhD Obayd Muhammad tomonidan “Arab tili (Muhovara)” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.

Bundan tashqari, tinglovchilar uchun guruhlarga bo‘lingan holda “Jamoani shakllantirish va boshqarish” bo‘yicha seminar-trening darslari ham tashkil etildi. 

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish