250

Treninglar Xorazm viloyatida ham o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmasida aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, mahallalar yetakchilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova kitobda aks etgan mavzular bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumot berishdi. Ta’kidlash joizki, mazkur kitob BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Qo‘llanmada islomda gender tenglik mohiyati, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini tadqiq etishga bag‘ishlangan maqolalar o‘rin olgan bo‘lib, mazkur kitob bu sohadagi ilk tadqiqot hisoblanadi.

Tadbir yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish