306

Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor Elchimiz talabalar bilan uchrashdi

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining talabalar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ulug‘bek Maqsudov bilan tashkil etildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Samimiy suhbat davomida Ulug‘bek Maqsudov elchilik vazifasi, Saudiya Arabistoni hukumatining o‘z mamlakatida ta’lim, madaniyat, san’at, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borayotgan islohotlari, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Ulug‘bek Maqsudov ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi, o‘xshash madaniyatlari haqida fikr bildirib, yoshlarga tanlagan kasblari bo‘yicha bilim olishdan to‘xtamasliklari borasida o‘z fikr-tavsiyalarini bildirdi. Suhbatda, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim, madaniyat, turizm sohalaridagi imkoniyatlar yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi ta’kidlandi.

O‘zaro savol-javob, qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar qiziqarli ma’lumotlar va qimmatli tavsiyalari uchun mehmonga minnatdorlik bildirishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish