250

Treninglar Surxondaryo viloyatida ham davom etdi

E’tirof etish joizki, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlariga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash masalasi yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ham gender tenglikni ta’minlashda ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Jumladan, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ishtirokida joylarda o‘quv qo‘llanmada aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, mahallalar yetakchilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Bahodir Xo‘jayev loyiha va mazkur qo‘llanma, yurtimizdagi gender siyosati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va UNFPA o‘rtasida Gender sohasidagi hamkorlik haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

Treningning asosiy qismida Nigora Yusupova qo‘llanmada ayollar masalasining umumijtimoiy jihatlari, jamiyat, xotin-qizlar va din, gender tushunchasi, uning xalqaro va milliy huquqiy asoslari, islom taʼlimotida ayollarning oilaviy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish