Gender tenglik mavzusiga bag‘ishlangan treninglar Samarqand viloyatida ham davom etdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmasida aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, mahallalar yetakchilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Akademiya o‘qituvchisi Nigora Yusupova mazkur kitob BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda ishlab chiqilganini ta’kidladi. Kitobda aks etgan mavzular bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish