433

Fransiya davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchimiz talabalar davrasida

Bugun yurtimizda yoshlar masalasiga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirish, mamlakat hayoti, taqdiriga daxldor masalalarda yoshlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasining Fransiya davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustamboyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Jonli va qizg‘in muloqot davomida Sardor Rustamboyev elchilik vazifasi, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarga zamonaviy bilimlarni egallab, bilim cho‘qqilarini egallashdan to‘xtamasliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish