234

Treninglar Qashqadaryo viloyatida ham davom etdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmada aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Ana shunday treninglarning navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, shuningdek, mahallalar yetakchilari va soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Akademiya o‘qituvchisi Nigora Yusupova mazkur kitob haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur kitob BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Trening yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish