235

Navbatdagi trening Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqqan edi. Mazkur kitobda aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining vakillari ishtirokida treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi seminar esa Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi. 

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yusupova, shuningdek, mahallalar yetakchilari va soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berarkan, loyiha va yaratilgan kitob, yurtimizdagi gender siyosati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va UNFPA o‘rtasida Gender sohasidagi hamkorlik haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

Trening davomida Akademiya o‘qituvchisi Nigora Yusupova mazkur kitob respublikada islomda gender tenglik mohiyati, ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini tadqiq etishga bag‘ishlanganini ta’kidladi. 

Uchrashuv yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish