Munosiblik tuygʻusi – oliy mezon
Milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylandi.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari hamda talabalari “Vatanparvarlik” oyligi doirasida poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga sayohat qilishdi.
Dastlab talabalar muzey oldida barpo etilgan sadoqat, jasurlik va martlik timsoli hisoblangan “Vatanga qasamyod” monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Poytaxtimizda barpo etilgan “Vatanga qasamyod” monumenti el-yurtimizning Vatan himoyachilariga chuqur hurmat-ehtiromi, muhabbatining ifodasidir. Bu go‘zal majmuada askar davlatimiz bayrog‘ini ko‘ziga surtib, Vatan himoyasi uchun doimo tayyorligini bildirib, tiz cho‘kib qasamyod qilayotir. Uning yelkasi uzra mard va jasur o‘g‘lonni bag‘rida avaylab o‘stirgan Vatan timsoli – munis va moʻtabar ona harbiy xizmatga otlangan farzandini duo qilib, unga oq yo‘l tilayotganini ko‘rish mumkin.
Albatta, vatanparvarlik shunchaki tillarda emas, balki ezgu ishlarda amaliy namoyon bo‘lishi zarur. Masalan, Vatan himoyachilarining qasamyod qabul qilish marosimi shunchaki rasmiy tadbir emas. Bu asl o‘g‘lonlarimiz, mard va jasur yigitlarning o‘z xalqiga, Vataniga, Prezidentiga, ota-onasiga berayotgan va’dasi, lafzidir. Shunday ekan, muzey oldida qad rostlagan ushbu monumentni ko‘rib talabalarda ham ana shunday tuyg‘ularning paydo bo‘lgani shubhasiz.
Shundan so‘ng o‘qituvchilar va talabalar Qurolli Kuchlar davlat muzeyidagi “Ekspozitsiyalar”, “Amir Temur va temuriylar davridagi harbiy san’at, qurol-aslahalarga oid materiallar”, “O‘zbekiston hududida XVI-XIX asr o‘rtalarida harbiy ish”, “Sovet davridagi harbiy siyosat va muammolar”, “Mustamlaka davrida harbiy siyosat va qo‘shinlar holati” bo‘limlari faoliyati hamda u yerdagi eksponat, ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Muzey mamlakatimiz aholisini, ayniqsa yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilarda yuksak vatanparvarlik, harbiy qasamyod va yigitlik burchiga sadoqat hissini shakllantirish yo‘lida xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari hamda talabalarining Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga qilgan sayohati ularda bir olam taassurotlarni muhrladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish