Akademiya o‘qituvchisi Muftiy Boboxonovlar sulolasi mavzuida ma’ruza qildi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sovet Ittifoqi davridagi faoliyati (1943-1989) va Muftiy Boboxonovlar sulolasi” mavzuida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla Gʻafurov, “Muftiy Boboxonovlar” jamg‘armasi direktori Jamolxon Boboxonov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matulla Muhamedov, TII faxriy o‘qituvchilaridan Mo‘minjon domla Saydaliyev, Boboxonovlar sulolasi vakillari hamda ustozlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla Gʻafurov ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matullo Muxamedov “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasining tashkil etilishi” mavzusida so‘zga chiqdi. Yurtimiz mo‘min-musulmonlari tomonidan katta ehtirom bilan yodga olinadigan Muftiy Boboxonovlar sulolasi vakillari o‘ta mashaqqatli yillarda yurtimizdagi diniy-ma’rifiy soha rivoji yo‘lida beqiyos xizmatlar qilgan.
Tadbir davomida keyingi yillarda hukumatimiz ko‘magida Muftiy Boboxonovlar sulolasi haqida, kitob, ommabop risola va turkum maqolalar chop etilib, ularning dinimiz va yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilgan ishlarini keng ommagan targ‘ib qilinayapti. Bu esa u zotlarning yorqin xotirasiga hurmat-ehtirom va ularning xayrli amallari doim el yodida ekanligini bilidiradi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish