377

Akademiya talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyida

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat qilishdi.

Yurtimizda Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etganini ilmiy asoslash va uni keng targ‘ib qilish, tarixiy yutuqlarimiz, an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat ega.

Talabalar muzeyda saqlanayotgan Amir Temur va temuriylar davri hamda tariximizga oid moddiy va ma’naviy yodgorliklar, arxeologik topilma va asori-atiqalar, noyob eksponatlar bilan tanishib chiqishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish