Ma’naviy-ma’rifiy maskanlar talabalarda katta taassurot qoldirdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” va “Mustaqillik darslari” tadbirlari doirasida poytaxtimizning turli ma’naviy-ma’rifiy maskanlariga sayohatlar tashkil etilmoqda.
“Islomshunoslik”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti 1-kurs talabalari hamda tyutorlari Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy ijodi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, “Turon” kutubxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi. Mazkur kutubxona 1913-yili taniqli o‘zbek ma’rifatparvarlari Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Gʻulom Zafariy kabi bir guruh ziyolilar tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda milliylik an’analari va zamonaviy imkoniyatlar uyg‘unligi asosida qurilgan yangi kutubxona fondida 400 mingga yaqin kitob mavjud.
Ma’naviy darslar davomida talabalar Gʻalaba bog‘i hamda Shon-sharaf muzeyida ham bo‘lishdi. Prezidentimiz tomonidan xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan qahramonligini abadiylashtirish tashabbusi asosida barpo etilgan maskan talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv davomida talabalarga mazkur majmualarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Gʻalaba bog‘i hamda Shon-sharaf muzeyi xalqimizning Ikkinchi jahon urushida g‘alabani ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasi, jasoratini bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit majmuaga aylangani haqida ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish