372

Akademiya o‘qituvchisi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida joriy yilning 7-8-sentabr kunlari “Yangi Markaziy Osiyo uchun istiqbollar: barqaror va demokratik jamiyatni barpo etishda dinning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Odil Ernazarov yurtimiz delegatsiyasi tarkibida qatnashdi.

Ushbu konferensiyada Markaziy Osiyo respublikalari vakillaridan tashqari AQSH, Ozarbayjon, Avstraliya, Vengriya, Pokistondan tashrif buyurgan olim va ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi. 

So‘zga chiqqanlar o‘z ma’ruzalarida davlat va din munosabatlarini tartibga solish, e’tiqod erkinligini ta’minlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish