Vatanparvarlik oyligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda
Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.
Yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada oshirish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“Vatanimga xizmat qilaman!” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvda fakultet professor-o‘qituvchilari, Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Vatanparvarlik oyligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan tadbir avvalida Akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov so‘zga chiqib, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan barchani tabriklashdi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylik kasbi, uning mashaqqatli bo‘lishi bilan birga sharafli mehnati, mas’uliyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Jonli va samimiy uchrashuv davomida Akademiya talabalari tomonidan bayram tabriklari, sportchi qizlarning chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish