354

Yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida mehmonlar Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar — Shayxovantahur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralarini ziyorat qilishdi. Tarixiy obidalar haqida ularga batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati bilan yurtimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ziyorat turizmi borasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida erishayotgan yutuq va tajribalari bilan o‘rtoqlashish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarda o‘zaro fikr almashildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish