Akademiya professori xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Kuni kecha Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahrida “Yevrosiyo mamlakatlarida moliyaviy xavfsizlik, korrupsiyaga qarshi choralar: raqamlashtirish, buxgalteriya hisobi, tahliliy, monitoring va huquq” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda yurtimizdagi soha mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda buxgalteriya hisobi va audit hamjamiyatining mutaxassislari ishtirok etdi.
Jumladan, konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori To‘lqin Alimardonov ham ishtirok etib, “Amir Temurning Yevroosiyo geopolitikasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Akademiya o‘qituvchisi o‘z nutqida o‘zbek davlatchiligining tarixan shakllanishida Amir Temurning qo‘shgan hissasi ulkan ekanligini qayd etib, XIV-XV asrlarda Sohibqiron Amir Temur markazlashgan davlat tizimini yaratgani, Movarounnahr o‘lkasini dunyoning eng buyuk siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylantirganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Amir Temurning davlat va hokimiyat boshqaruvi targ‘ibotlari, saltanat idorasi amallari, sarkardaning harbiy mahorati haqida so‘z yuritdi.
Yakunda Akademiya professorining ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish