Akademiya professori Oksford universitetida ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom tarixini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Ilhom Bekmirzayev Buyuk Britaniyaning Oksford Islom tadqiqotlari markazida “Qisqa muddatli malaka oshirish” dasturida ishtirok etayotganini xabar bergan edik.
Akademiya o‘qituvchisi mazkur safar davomida “X-XIII asrlarda Movarounnahrda faoliyat yuritgan musulmon olimlarining darajalari va ularning ijtimoiy hayotdagi faoliyati” mavzusidagi tadqiqot loyihasida ishtirok etmoqda.
Kuni kecha Ilhom Bekmirzayev Oksford universitetida “The Role of the faqihs of Banu Moza (Oli Moza) in the social and cultural life of Bukhara in the XI-XIII centuries” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Oksford Islom tadqiqotlari markazi tadqiqotchilardan tashqari jahon islomshunosligi ilmida munosib o‘rin egallagan professorlar ham ishtirok etdi. Jumladan, AQSHning Kolumbiya universiteti islomshunos olimlaridan professor Vayel Hallaq, Professor Jorj Vashington universiteti professor Attiya Ahmad, Singapur davlat universiteti professori Imron ibn Tojuddin, Gonkong ijtimoiy fanlar universiteti professori Xung Tak Vey, Sietl universiteti professori Emilia Povel, Oksford universiteti professori Muhammad Tolib, Pokiston Islom universiteti professori Muhammad Akrom, London universiteti professori Ayman Shihad, Bayrut Amerika universiteti professori Salma Dalmuji qatnashdi.
Ma’ruza yakunida O‘zbekiston tarixi va allomalar asarlari haqida o‘zaro fikrlar almashildi. Ilhom Bekmirzayevning ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish