488

Akademiya talabalari hamda Qohira universiteti magistrantlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari Misr Arab Respublikasidagi safarini davom ettirmoqda.

Safar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari O‘zbekistonning Misr Arab Respublikasidagi elchixonasiga tashrif buyurishdi. U yerda Qohira universitetining magistrantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Universitet magistrlari o‘zbek tilini o‘rganayotganliklarini, bu orqali o‘zbek tilidagi manbalarni mutolaa qilishga qiziqishlarini ta’kidlashdi. Akademiya talabalari ular bilan Qohira universiteti va ularning ilmiy ishlari haqida suhbat qurishdi. Samimiy va do‘stona kayfiyatda kechgan uchrashuv har ikki tomon vakillari uchun samarali bo‘ldi.

Talabalar Akademiya haqidagi taqdimotlarini namoyish etishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish