61

Akademiya o‘qituvchisi Misrda malaka oshirmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Botirova Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi homiyligidagi “Nasser Fellowship for International Leadership 2022” ikki haftalik malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. 

Mazkur malaka oshirish dasturida dunyoning 80 ta davlatidan 150 nafar professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda turli tashkilotlarning xodimlari qatnashmoqda. 

Dastur davomida davlatlar o‘rtasida hamkorlikning samarali va barqaror mexanizmini rivojlantirish, ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini rag‘batlantirishga qaratilgan samarali hamkorlikka erishish, Barqaror rivojlanish maqsadlari – 2030, sarmoya kiritish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish kabi masalalarda o‘quv-ilmiy seminarlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Misr Tashqi ishlar vazirligi, Politsiya Akademiyasi, Yoshlar va sport vazirligi, Senat, Rejalashtirish va iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Axborot va qarorlar qabul qilish markazlariga tashriflar uyushtirilmoqda. 

Ilmiy seminarlar Misrning yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vaziri, doktor Ashraf Sobhi boshchiligida tashkil etilmoqda. Malaka oshirish kurslari yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda davom etyapti. 

Izoh qoldirish

Izohlar