345

Xorijlik professor bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasining Misr Arab Respublikasidagi safari davom etmoqda.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari “Nasser Fellowship for International lidership 2022” dasturi ishtirokchisi va professor-o‘qituvchilaridan biri doktor Magdiy Za’bal bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida talaba-qizlar O‘zbekiston va Misr aloqalari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, buyuk allomalarimiz va yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berishdi. 

O‘z navbatida doktor Magdiy Za’bal yurtimiz haqida turkum kitoblar yozayotganini ta’kidladi. O‘zbekistonni ikkinchi vatani deb hisoblashini e’tirof etdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish