Akademiya vakillarining Misrdagi tashrifi davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘qituvchi va besh nafar talaba-qizlaridan iborat delegatsiyasi Misr Arab Respublikasida bo‘lib turibdi.
Akademiya vakillari safar davomida Misr sivilizatsiyasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida talabalar muzey eksponatlari bilan tanishdi.
Ikki qavatdan iborat, zamonaviy uslubda barpo etilgan muzeyda tosh asridan boshlab, XX asrgacha bo‘lgan insoniyat tarixidan so‘zlovchi manbalar saqlanadi. Delegatsiya a’zolari Misr tarixi, uning madaniy yodgorliklari, boy merosi kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Misr sivilizatsiyasi muzeyidan so‘ng Qohiraning Tahrir maydonida joylashgan Misr milliy muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tashrif ham vakillarimizda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish