239

Bursa Uludag’ universiteti talabalari uchun professor-o‘qituvchilarimizdan mahorat darsi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat delegatlarimizning Bursa Uludag’ universitetida tashkil qilinayotgan o‘quv-seminarlardagi ishtiroki davom etmoqda.

O‘quv-seminarining 26-may kunidagi rejasi bo‘yicha Akademiya professor-o‘qituvchilari Bursa Uludag’ universiteti talabalari uchun ma’ruza mashg’ulotini olib bordi.

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan ma’ruza mashg’ulotlari Bursa Uludag’ universiteti Ilohiyot fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi “Bilgi TV” kanali orqali onlayn translatsiyasi amalga oshirildi.

Ma’ruza mashg’uloti so‘ngida Akademiya ustozlari va magistrantlariga sertifikatlar topshirildi.

Akademiya delegatlari kunning ikkinchi yarmida Bursa Uludag’ universiteti Ilohiyot fakulteti Islom tarixi va san’ati kafedrasi faoliyati bilan tanishdi. Xususan, kafedra dotsenti, turk-islom san’ati bo‘yicha mohir usta Hijabi Gulgen tomonidan ebru san’ati bo‘yicha ko‘rsatilgan master-klassda ishtirok etildi.

O‘z navbatida, Akademiya delegatlari Bursa shahridagi safarlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Bursa faxriy konsulligi taklifiga ko‘ra, faxriy konsul Ali Baklan qabulida bo‘lishdi.

Delegatlarimizning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish