284

Bursa Uludag’ universiteti rahbariyati bilan uchrashuv

Shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi magistrantlaridan iborat bir guruh vakillarimiz Turkiyada bo‘lib turibdi.

Ilmiy safarning navbatdagi kunida delegatlarimiz Bursa Uludag’ universiteti rektori, professor Ahmet Saim Kilavuz qabulida bo‘lishdi. Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik, o‘qituvchi hamda talabalar almashinuvi, sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari borasida suhbatlashildi.

Do‘stona kechgan muloqotdan so‘ng universitet mutasaddilari hamrohligida vakillarimizga universitet fakultetlari, bo‘limlar, kutubxona va o‘quv xonalari tanishtirildi. Bursa shahri tarixiga bag’ishlangan muzeylarga sayohat tashkil etildi.

Delegatlarimizning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish